10 ta hududda 248 kishida koronavirus aniqlandi – SSV
Jamiyat
−
11 Sentabr 2020
9212Bugun, 11 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 248 nafarga oshib, 45 927 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
147 nafari Toshkent shahrida;
47 nafari Samarqand viloyatida;
14 nafari Andijon viloyatida;
12 nafari Namangan viloyatida;
6 nafardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida;
5 nafardan Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida;
4 nafari Toshkent viloyatida;
2 nafari Navoiy viloyatida aniqlangan.
Shu bilan birga, qashqadaryolik 54 yoshli A.J. (erkak) hamda poytaxtlik 37 yoshli Sh.G. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda O‘zbekistonda 42 555 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2 997 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 439 nafari og‘ir, 219 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi