10 oyda qariyb 2 ming odam yo‘llarda vafot etgan. YTHlarning asosiy sabablari nima?
Jamiyat
−
13 noyabr 2021
5008Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonda 7681 ta yo‘l-transport hodisasi yuz berib, unda 1964 kishi halok bo‘ldi, 6886 kishi jarohatlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Hududlar kesimida oladigan bo‘lsa, eng YTH Farg‘ona viloyatida (1173 ta) qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (1023), Toshkent shahri (842), Namangan viloyati (830), Samarqand viloyati (825), Andijon viloyati (668), Qashqadaryo viloyati (418), Qoraqalpog‘iston (379), Buxoro viloyati (321), Surxondaryo viloyati (285), Xorazm viloyati (267), Navoiy viloyati (256), Jizzax viloyati (246), Sirdaryo viloyati (148) joy olgan.
YTHlar kelib chiqish sabablariga ko‘ra quyidagicha tasniflangan:
• Piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan piyodani urib yuborish – 584 ta (7,6 foiz);
• Veloyo‘laklar tashkil etilmagan joylarda ularni urib yuborish – 537 ta (7 foiz);
• Yo‘l harakatini tashkil etish va yo‘llardagi nosozliklar sababli – 1782 ta (23,2 foiz);
• Piyodalar o‘tish joyi bo‘lmaganligi sababli yoo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tish – 1705 ta (22,2 foiz);
• Bolalarni qarovsiz qoldirish – 223 ta (2,9 foiz);
• Yo‘l belgilari yo‘qligi yoki svetofor nosozligi – 537 ta (7,0 foiz);
• Svetofor yoki yo‘l belgisiga rioya qilmaslik – 115 ta (1,5 foiz);
• Haydovchilarning tajribasizligi – 538 (7,0 foiz);
• Harakat yo‘nalishini ajratuvchi to‘siqlar o‘rnatilmagani yo‘llarda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqish – 683 ta (8,9 foiz);
• Harakat davomida telefondan foydalanish – 54 ta (0,7 foiz);
• Belgilangan tezlikka rioya qilmaslik – 1221 ta (15,9 foiz);
• Avtomobilni mast holda boshqarish – 132 ta (1,7 foiz).
Hodisalarni sodir etgan haydovchilarning yoshi bo‘yicha tahlil:
• 18-22 yosh – 870 ta;
• 23-27 yosh – 1613 ta;
• 28-32 yosh – 1562 ta;
• 33-37 yosh – 1195 ta;
• 38-42 yosh – 809 ta;
• 43-47 yosh – 526 ta;
• 47 va undan katta – 1106 ta.
Jami YTHning 5187 tasi kunning yorug‘ vaqtida, 2497 tasi tungi vaqtda yuz bergan. Shuningdek, YTHlarning 7479 tasini erkaklar va 202 tasini ayollar sodir etgan.