10-qavatdan yiqilgan MMA jangchisi tirik qoldi (video)

Sport

image

Hardcore MMA jangchisi, dog‘istonlik “Venom” laqabli sportchi Magomed Zaynalov 10-qavatdan yiqildi. Bu haqda Zaynalov jang qiladigan liga vakili Eduard Kuzminov ma’lum qildi.

“Bugun ertalab men qayg‘uli xabar oldim. Magomed Zaynalov 10-qavatdan yiqilib tushibdi,u hozir reanimatsiyada. 2 fevral kuni u jang qilishi kerak edi.  Venom tezroq tuzalib ketishini tilab qolaman”, deydi Kuzminov

Ma’lum bo‘lishicha, 24 yoshli jangchi ehtiyotsizlik oqibatida 10-qavatdan mashina ustiga tushgani uchun tirik qolgan. Old tarafi pachoqlangan Nissan X-trail avtomobili egasi esa sportchini sudga berishni rejalashtirmoqda.

Zaynalov rafiqasining so‘zlariga ko‘ra, ular yaqinda ijaraga olingan kvartiraga uy hayvoni olishgan. Hayvon balkonga sakrab chiqqan va sportchi unga qo‘l cho‘zib, ehtiyotsizlik oqibatida yiqilib tushgan. Qayd etilishicha, Zaynalovning oyoq va tos suyagi jiddiy jarohat olgan.

Jangchining menejeri Vitaliy Tarasovning aytishicha, hozirda mijozining hayoti xavf ostida emas va Zaynalov so‘nggi yillarda ishtirok etgan Hardcore MMA ligasi moliyaviy jihatdan yordam bergan.

“Shifokorlarning aytishicha, uning holati barqaror. U yashaydi. Hozirda biz Magomedning o‘zidan xabar kutmoqdamiz, menimcha, u tez orada biz bilan bog‘lanadi”, deydi Vitaliy Tarasov

Magomed Zaynalov 2021 yildan beri Hardcore MMA'da ishtirok etib keladi. Ikki yildan sal ko‘proq vaqt ichida u turli qoidalar bo‘yicha 15 ta jang o‘tkazib, ularning to‘rttasida g‘alaba qozongan, bittasida durang qayd etilgan bo‘lsa, 10 ta jangda mag‘lub bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

sport Magomed Zaynalov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing