10 dan ortiq Umra turoperatorlariga chora ko‘rildi

3-sahifa

image

Umra tadbirini tashkil etishga oid reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan 10 dan ortiq holatlar aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Raqobat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida joylashtirilgan materiallarning “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilgan. Turoperatorlar tomonidan Umra tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid berilgan reklamalar o‘rganilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari hududiy boshqarmasi tomonidan 2 ta –“Sharofiddin Travel” va “Fayz Tour Travel” ma’suliyati cheklangan jamiyatlarning turoperatorlariga nisbatan litsenziya hujjatlari mavjud bo‘lmagan holda reklamalar joylashtirgani aniqlangan.

Shuningdek, qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo, Namangan, Farg‘ona, Xorazm viloyati  va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tomonidan jami 12 ta – “Marmaristour.uz”, “rozumbetovjurabek”, “uzmobile_aviakassa”, “Samarqanddan Umra ziyorati” Instagram sahifasi, “Umra Ziyorati”, “Fazliddin Umra jamiyati”, “Muborak safar”, “Qo‘qimboyliklar”, “Saudiyaga sayohat”, “Umra rasmiy”, “Aviakassa721”, “Nursafar” Telegram-kanallari egalari qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Ushbu o‘rganish yakunlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish ishlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, fuqarodan 2400 dollar olgan shaxslar ushlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Umra Raqobat qo'mitasi Turoperatorlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing