10 avgustdan ikkinchi mutaxassislikka hujjat qabul qilish boshlanadi

Jamiyat

image

Oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi mutaxassislikka hujjat qabul qilish 10 avgustdan onlayn tarzda boshlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov ma’lum qildi.

Davlat komissiyasiga ikkinchi mutaxassislik uchun hujjat qabul qilish jarayoni joriy yilning 10-31 avgust kunlari o‘tkazilishi bo‘yicha taklif kiritdik. Taklifimiz qanoatlantirildi. Hujjatlar qabul qilinishi ko‘rsatilgan muddatlarda onlayn tarzda amalga oshiriladi”, dedi vazirlik vakili.

Qayd etilishicha, ikkinchi mutaxassislik uchun qabul kvotalari belgilanmaydi. Oliy ta’lim muassasalari abituriyentlar soniga qarab suhbat asosida imtihon o‘tkazadi. Abituriyentlar soni kamroq bo‘lsa, imtihonlarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul amalga oshiriladi.

Vazir Inomjon Majidovning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi mutaxassislikka qabul qilish jarayoni murakkab bo‘lmaydi. Har bir oliy ta’lim muassasasi abituriyentning salohiyatini o‘z mezonlari asosida baholaydi, qancha talaba qabul qilishni ham o‘zi hal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM talaba imtihon

Baholaganlar

453

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing