1 yil davomida AQSHdan O‘zbekistonga deportatsiya qilinganlar soni ochiqlandi
Olam
−
20 dekabr 2024 17322 1 daqiqa
2023 yil sentyabrdan 2024 yil sentyabrgacha AQSHdan O‘zbekistonga 572 kishi deportatsiya qilingan. Bu haqda AQSH hukumatining tegishli hisobotida keltirilgan.
Hisobotga ko‘ra, 2023 yil sentyabrdan 2024 yil sentyabrgacha mamlakatdan deportatsiya qilingan muhojirlar soni 2014 yildan beri eng yuqori darajaga chiqqan. AQSHning Immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) 192 ta davlatga taxminan 271 ming kishini deportatsiya qilgan. Bu ko‘rsatkich Prezident Bayden 2021 yilda lavozimga kirishganidan beri eng yuqori bo‘lib, 2017–2021 yillar oralig‘ida faoliyat yuritgan saylangan AQSH prezidenti Donald Tramp davridagi har qanday yillik deportatsiya ko‘rsatkichlaridan oshib ketgan. Bungacha eng yuqori deportatsiya darajasi 2014 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda 315 943 kishi mamlakatdan chiqarib yuborilgan.
Quyida ayrim davlatlar deportatsiya qilingan fuqarolari soni bo‘yicha:
- Turkiya – 694 kishi;
- O‘zbekiston – 572 kishi;
- Gruziya – 162 kishi;
- Tojikiston – 77 kishi;
- Qirg‘iziston – 69 kishi;
- Ukraina – 53 kishi;
- Isroil – 30 kishi;
- Eron – 27 kishi;
- Qozog‘iston – 23 kishi;
- Ozarbayjon – 13 kishi;
- Turkmaniston – 5 kishi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp muhojirlarni deportatsiya qilish siyosatini amalga oshirishning birinchi bosqichida 1 million odamni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr