1 va 2-sinf o‘quvchilarini “Ona tili”dan uy vazifalarini baholash bekor qilinadi

Jamiyat

image

2021-2022 -o‘quv yilidan ona tili va o‘qish savodxonligi fanining 1- hamda 2-sinfidan uyga vazifalar olib tashlangani bois uy vazifalarini baholash bekor qilinadi. Bu haqda Respublika ta’lim markazi axborot xizmati rahbari Mohira Nurullayeva ma’lum qildi.

Rasmiyga ko‘ra, uyga vazifalarning olib tashlanishiga birinchi sabab ularning amalda samarasiz topshiriqqa aylangani bo‘lsa, ikkinchidan darslardan charchab borgan quyi sinf o‘quvchilari uyda ko‘proq dam olishlari lozim deb qaralmoqda. Samarasiz topshiriq deganda o‘quvchi bajarib kelgan uyga vazifalar yo‘l-yo‘lakay tekshirilayotgani yoki deyarli tekshirilmayotgani, o‘quvchi xato va yutuqlarini yetarli anglab olishi uchun vaqtning yetishmasligi nazarda tutilgan.

Shuningdek, o‘quvchilar “a’lo” baho olish uchun yaxshi o‘zlashtiruvchi sinfdoshlari yoki uy vazifalar joylanuvchi turli saytlardan ko‘r korona ko‘chirib kelish holatlari ko‘paygan.

Uy vazifalar baholanmaydi degani bu bola uyda umuman dars qilmaydi degani emas. Fan dasturiga ko‘nikmalarni shakllantiruvchi ayrim loyihaviy topshiriqlar kiritilgan. Ota-onasi va yaqinlaridan tegishli mavzularda ma’lumot olib kelish, do‘stiga tabrik xati yozish kabilar shular jumlasidandir.


Maqola muallifi

Teglar

maktab o'quvchi

Baholaganlar

380

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing