1 sutka davomida O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar aniqlanmadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar aniqlanmadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi. 

Ayni vaqtda O‘zbekiston bo‘ylab 16 ming kishi karantinda ushlab turilibdi. Koronavirusga chalingan bemorlar esa 23 kishini tashkil etmoqda

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Shundan keyin har kuni – 16, 17, 18, 19 mart kunlari koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar aniqlandi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

259

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing