1 sentyabrdan pensiya va nafaqa puli 10 foizga oshiriladi – Prezident farmoni

Jamiyat

image

Biroz avval, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Farmonga ko‘ra, 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab pensiyalar, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 barobar oshiriladi. 

2020 yil 1 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:

•    pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 262 470 so‘m; 
•    yoshga doir eng kam pensiyalar – oyiga 513 350 so‘m; 
•    bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 513 350 so‘m;
•    zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 315 030 so‘m etib belgilanmoqda. 

Bu 2,8 million keksalar, 687 ming nogironligi bo‘lgan shaxslar, 210 mingdan ortiq boquvchisini yo‘qotganlarni pandemiya davrida moddiy qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. 


Maqola muallifi

Teglar

nafaqa pensiya

Baholaganlar

350

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing