Toshkentda 1 noyabrdan yo‘l haqi oshadi
Jamiyat
−
28 Oktabr 2023
13081Poytaxt jamoat transporti uchun to‘lov narxlari joriy yil 1 noyabrdan oshiriladi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyati xabar berdi.
Unga ko‘ra, bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tariflar naqd pul va bank kartalari orqali 2000 so‘m, ATTO transport kartalari orqali to‘lov uchun esa 1700 so‘m etib belgilandi
Shuningdek, ATTO transport kartalaridan foydalangan holda bir soat ichida ikkinchi marotaba avtobusdan foydalangan yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratilgan. Bunda foydalanuvchi birinchi qatnov uchun 1700 so‘m, ikkinchisi uchun esa 700 so‘m yo‘l haqi to‘laydi. Bir soat davomida yo‘lovchilar avtobusdan uchinchi va to‘rtinchi marotaba foydalansa, bu qatnovlar uchun pul olinmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtda jamoat transport vositalarida harakatlanish narxi 2000 so‘mgacha ko‘tarilishi haqida xabarlar tarqaldi. Ammo Transport vazirligi bu xabarlar Toshkent shahar hokimining qarori loyihasida keltirilgan ma’lumotlar asosida tarqalgani va hali tasdiqlanmaganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi