1 noyabrdan bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish vaqti 1 sutkagacha qisqartiriladi

Jamiyat

image

Bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish vaqti xavf darajasidan kelib chiqib, 3 sutkadan 1 kungacha qisqartiriladi. Bu haqda "Bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida" Prezident Farmonida belgilab o‘tildi.

Farmonga ko‘ra, 2020 yil 1 avgustdan temir yo‘l transporti tashkilotlari o‘zlarining axborot tizimlarini bojxona organlarining axborot tizimlariga integratsiyalash orqali bojxona nazorati ostidagi vagon va konteynerlarning mamlakat ichidagi harakatlari haqidagi ma’lumotlarni bojxona organlariga real vaqt rejimida beg‘araz tarzda taqdim etadilar.

2020 yil 1 sentyabrdan "Yagona darcha" bojxona axborot tizimi chegara bojxona postlarida joriy etiladi.

2020 yil 1 noyabrdan:

– bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish vaqti xavf darajasidan kelib chiqib, 3 sutkadan 1 kungacha qisqartiriladi;

– bojxona nazoratining muqobil turlarini qo‘llashni kengaytirish orqali tovarlarni bojxona hamrohligida kuzatib borish holatlari qisqartiriladi, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno;

– Davlat bojxona qo‘mitasining xavflarni boshqarish tizimi avtomobil chegara bojxona postlarida joriy etiladi;

– transport vositalarini vaqtinchalik olib kirishda tashuvchiga real vaqt rejimida elektron shaklda qayta olib chiqish muddati tugashidan oldin vaqtinchalik olib kirish muddatini uzaytirish va tegishli yig‘imni to‘lashni amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi;

– "bojxona hududida qayta ishlash" bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini identifikatsiyalash va baholash uslubiyati tadbirkorning o‘zi tomonidan ishlab chiqiladi.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing