1 nafar fuqarosi koronavirusga chalingan davlat komendantlik soati e’lon qildi

Olam

image

Avvalroq Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida koronavirus infeksiyasining keng ko‘lamda tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun komendantlik soati joriy qilingani haqida xabar bergan edik. Yana bir davlat o‘z hududida komendantlik soatini joriy etdi.

Suriya hukumati koronavirus sabab chorshanba kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan 21:00) dan 06:00 (Toshkent vaqti bilan 09:00) gacha komendantlik soati e’lon qildi. Bu haqda Suriya davlat televideniyesi xabar bermoqda.

"Koronavirus bilan kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar ustida ish olib borayotgan hukumat guruhi ertaga, 25 mart kunidan boshlab, Suriya Arab Respublikasida (...) komendantlik soati o‘rnatmoqda", deyiladi xabarda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Suriyada bir kishi koronavirusga chalingan. 22 mart kuni vazirlar mahkamasi mamlakat hududida jamoat transporti harakatini to‘xtatish to‘g‘risida ma’lum qilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Suriya

Baholaganlar

625

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing