1 maydan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshiriladi
Jamiyat
−
29 mart 2023
21845O‘zbekistonda joriy yilning 1 mayidan boshlab yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarning miqdori oshirilishi aytildi. Ushbu xabarni QALAMPIR.UZ manbasi tasdiqladi.
Bu joriy yilning 1 mayidan bazaviy hisoblash miqdori ortishi bilan amalga oshiriladi. Sababi jarimalar bazaviy hisoblash miqdori bilan belgilangan.
Quyida yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarning yangi miqdorlari keltiriladi:
- Kamar taqmaslik – 165 000 so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari);
- Texnik ko‘rik, doriquti – 165 000 so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari);
- Hujjatsiz haydash – 330 000 so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari);
- Sug‘urtasiz – 330 000 so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari);
- Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanish – 660 000 so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari);
- Noto‘g‘ri parkovka – 660 000 so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari);
- Telefonda gaplashish – 990 000 so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari);
- Davlat raqamisiz harakatlanish – 1,65 mln so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari);
- Tezlik (+20 km/soat) – 330 000 so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari);
- Tezlik (+20-40 km/soat) – 1,65 mln so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari);
- Tezlik (+40 km/soat) – 2,97 mln so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 9 baravari);
- Qarama-qarshi haydash – 3,3 mln so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari);
- Mast holatda mashina haydash – 8 million 250 ming yoki 3 yilgacha diskvalifikatsiya (bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari).
- Ruxsatsiz tonirovka – 8 mln 250 ming so‘mgacha (bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari) jarimalar solinishiga sabab bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan joriy yilning 1 aprelidan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga oshirilishi aytilgan edi.
LiveBarchasi