1 martdan benzinning narxi oshishi aytilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda AI-80 rusumli avtobenzin narxi 1 martdan boshlab 6 800 so‘mga chiqadi. Bu haqdagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilning 13 dekabridan boshlab AI-80 benziniga aksiz solig‘ini bekor qilinishi natijasida uning narxi o‘rtacha 6 800 – 7 500 so‘mdan 5 700 – 6 000 so‘mgacha, ya’ni o‘rtacha 1 100 so‘mga arzonlagan edi. Joriy yilning 1 martidan soliq imtiyozining bekor qilinishi hamda birjada narxlarning erkin shakllanishi hisobiga AI-80 rusumli avtobenzin narxi oshishi kutilmoqda. 

Narxlar o‘zgarishi hisobiga “O‘zbekneftgaz” tasarrufidagi AYOQSHlarda 1 litr AI-80 rusumli avtobenzinning chakana narxi mahalliy mahsulot uchun 6 800 so‘mdan, import mahsuloti uchun 7 000 so‘mdan sotiladi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

benzin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing