1 iyundan mehnat daftarchasi o‘rniga yangicha tizim ishga tushadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 iyunidan boshlab, “Shaxsning elektron mehnat tarixi” tizimi joriy etilishi bilan mehnat munosabatlarini majburiy ravishda elektron rasmiylashtira boshlash rejalashtirilmoqda

Birinchidan, “Shaxsning elektron mehnat tarixi”ni olsak, u mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishning barcha bosqichlari: ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish, mehnat shartnomalarini bekor qilishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek ushbu mexanizm mehnat daftarchalarining o‘rnini to‘liq bosadi va shu yilning 1 yanvarigacha joriy etilishi rejalashtirilgan “Elektron mehnat daftarchasi” tizimining o‘rniga keladi. Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev ta’kidlaganidek, elektron mehnat shartnomalari faqat davlat tilida rasmiylashtiriladi. Ayni paytda yangi tizim sinovdan o‘tkazilmoqda.

Ikkinchidan, xodimlarga kompetensiyalar berish tizimini yaratgan holda, asosan ishchilarning kasblari bo‘yicha kompetensiyalar yoki ko‘nikmalar pasportlari bo‘lgan Skills-pasportlarni joriy etish mo‘ljallanmoqda. Bu, o‘z navbatida, ish beruvchilarimizga xodimni ishga qabul qilish chog‘ida uning malakasini baholash va o‘ziga mos keladigan kadrlarni tanlab olish imkonini beradi. Ishchilarning kasblari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini ham yaratish rejalashtirilmoqda.

Uchinchidan, xususiy kompaniyalar mahalliy mehnat organlari bo‘sh ish o‘rinlari hisobiga yo‘llaydigan shaxslarni majburiy qabul qilishdan ozod qilinishi mumkin. Davlat tashkilotlari hamda davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan tashkilotlar uchun bunday majburiyat saqlanib qolmoqda. Qolgan ish beruvchilarga ishga qabul qilishdan bosh tortish huquqini bergan holda, buning uchun javobgarlikka tortmasdan, u yoki bu takliflarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida iltimos yo‘llaydilar, xolos.

To‘rtinchidan, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi konsepsiyasi taqdim etildi. Kodeks 3 ta qism, 7 ta bo‘lim, 36 ta bob va 400 ta moddadan iborat bo‘lishi taxmin qilinmoqda (amaldagi MKda – 294 ta modda, tahr.). Unda havolaki normalar kamaytiriladi, mehnatga to‘lanadigan haqni qayta ko‘rib chiqishning soddalashtirilgan tizimi nazarda tutiladi, moslashuvchan bandlik shakllari tartibga solinadi.

Yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ham taqdim etildi.


Maqola muallifi

Teglar

mehnat daftarchasi

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing