1 iyundan qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Jamiyat

image

2019 yil 1 iyundan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

1. 2019 yil 1 iyundan elektrotexnika sanoati tashkilotlariga:

rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlagan holda ishlab chiqarishda foydalanishga ruxsat berildi;

rangli metall parchalari va chiqindilarini topshirish прогноз ko‘rsatkichlari belgilanmaydi.

2. 2019 yil 1 iyundan davlat xizmatлари markazlarida fuqarolar doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan жойидан va юридик shaxslar pochta manzilidan (joylashgan yeridan) qat’iy nazar davlat xizmatlarini eksterritorial tamoyil bo‘yicha olishi mumkin.

Davlat xizmatlarini olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatлари portali orqali murojaat etganda, davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar Markazlar orqali yoki bevosita xizmat ko‘rsatuvchi organlarga murojaat etganda to‘lanadigan summadan 90 foiz миқдорида to‘lanadi.

Davlat xizmatлари ko‘rsatuvchi davlat organlari va tashkilotlar davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zlarining ma’lumotlar bazalariga va axborot tizimlariga elektron ko‘rinishda kiritib boradilar.

3. 2019 yil 1 iyundan boshlab:

ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish ijro hujjati kelib tushgan vaqtdan boshlab бир ish kuni ичида ijro ishi қўзғатилади (bundan avval 3 kun ичида qo‘zg‘atilgan);

ijro harakatlari ko‘pi bilan икки marta kechiktirilishi mumkin;

ijro ishida тайинланган mutaxassis ijrochining qarori bilan tanishgan kundan boshlab o‘n besh ish kuni ичида yozma xulosa тақдим etishga majbur.

4. 2019 yil 1 iyundan fuqarolar yig‘inlari xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzish va бекор qilish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman (shahar) kengashlari raislarining birinchi o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.

5. 2019 yil 1 iyundan “Navoiy” EIZ qatnashchilari va ularning oila a’zolariga respublikadan chiqmasdan uzaytirish imkoniyati bilan, 3 yil amal qiladigan “investitsiya vizasi” beriladi.

6. 2019 yil 1 iyundan yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, uning hududiy bo‘lim va bo‘linmalari xodimlari lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari 1,7 baravar ko‘paytirilgan миқдорда qo‘llaniladi.

7. 2019 yil 1 iyundan qimmatbaho metallarni sotib olish uchun berilgan bank kreditlari foiz xarajatlarining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan, biroq kreditlar bo‘yicha 5 foizlik punktdan ortiq bo‘lmagan qismida qoplash uchun Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya qilish orqali zargarlik маҳсулотлари ishlab chiqaruvchilar qo‘llab-quvvatlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

qonunchilik

Baholaganlar

73

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing