1 iyundan gaz va elektr uchun to‘lov oshmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston
−
30 May 2019 9013 1 daqiqa
Bugun, 30 may kuni Moliya vazirligi ayrim sabablar bilan joriy yilning 1 iyunidan boshlab tabiiy va suyultirilgan gaz hamda elektr energiyasi uchun iste’mol to‘lovlari qimmatlashishi jarayoni txtatilganini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
"Bugun Moliya vazirligining taqdim etgan ma’lumotiga ko‘ra, ayrim sabablar bilan joriy yilning 1 iyunidan boshlab tabiiy va suyultirilgan gaz hamda elektr energiyasi uchun iste’mol to‘lovlari qimmatlashishi jarayoni ayni vaqtda to‘xtatilib turibdi. Hozircha narxlar oshmaydi, jarayon to‘xtatilib turibdi, sabablari vazirlik tomonidan tez orada ma’lum qilinadi", deyilgan xabarda.
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi "Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida"gi 897-sonli qaroriga muvofiq 2019 yil 1 iyundan boshlab tabiiy va suyultirilgan gaz va elektr energiyasi uchun narxlar oshirilishi haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr