1 iyuldan O‘zbekistonda gaz va “svet” uchun norma o‘rnatiladi
Jamiyat
−
31 may 2022
25118Joriy yilning 1 iyulidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab aholiga gaz va elektr energiyasi uchun “ijtimoiy norma” joriy qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qaror loyihasida belgilangan.
Mazkur qaror loyihasi bilan 2022 yil 1 iyuldan boshlab elektr energiyasi bo‘yicha aholi uchun oyiga 250 kVt soatgacha limit beriladi. Bu limit doirasida 1 kVt 325 so‘mga baholanadi. Limitdan ortgan elektr energiyaning har 1 kVt soati uchun – 650 so‘m to‘lanadi.
Tabiiy gaz bo‘yicha o‘rnatiladigan tartib isitish mavsumini hisobga olib belgilanadi. Xususan, aholi uchun:
• 1 kub m tabiiy gaz iste’moli oyiga isitish mavsumida 700 kub metrgacha – 410 so‘m, 700 kub metrdan yuqori har 1 kub metr uchun – 1 200 so‘m;
• isitish mavsumidan tashqari davrda 200 kub metrgacha – 410 so‘m, 200 kub metrdan yuqori har 1 kub metr uchun – 1 200 so‘mni tashkil qiladi.
Suyultirilgan gaz esa aholi uchun – 1 600 so‘m miqdorida belgilanmoqda.
LiveBarchasi