1 iyuldan fermerlar bug‘doyni birjada sotishni boshlaydi

Jamiyat

image
Davlat resursi uchun sotib olinadigan g‘alla narxi 2 baravarga oshadi north_east

Davlat resursi uchun sotib olinadigan g‘alla narxi 2 baravarga oshadi

Joriy yilning 1 iyulidan boshlab ilk bora fermer va klasterlarning o‘zlari bug‘doyni birja savdolariga bozor narxida chiqaradi. Fermerlar ixtiyorida qoladigan bug‘doydan 500 ming tonnasi don korxonalarida vaqtincha saqlash uchun qabul qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 11 may kuni o‘tayotgan don mahsulotlari korxonalarida transformatsiya jarayonlarining natijadorligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilishda so‘z ochdi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, 500 ming tonna bug‘doyning don korxonalarida vaqtincha saqlash xarajatlarini davlat o‘z zimmasiga oladi va bunga 100 milliard so‘m ajratiladi.

Agar fermer va klasterlar tomonidan yetishtirgan ortiqcha g‘allasini sotish istagi bo‘lsa, davlat va xususiy don korxonalariga shartnoma asosida kelishilgan narxlarda sotadi.

Shu bilan birga Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasi xarid qilgan 1 million 783 ming tonna bug‘doy ehtiyojga qarab oyma-oy birjaga chiqariladi. Bunda iyul-avgust oylarida birjada shakllangan o‘rtacha narxlardan kelib chiqib, fermerlarga o‘rtadagi ijobiy farq ham to‘lab beriladi.

Misol uchun, avgust oyida 1 tonna g‘allaning birja narxi 3,5 million so‘m bo‘lsa, fermerga yana 500 ming so‘m to‘lab beriladi. Bu maqsadlarga joriy yilda davlatdan 6 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

bug'doy

Baholaganlar

172

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing