1 fevraldan O‘zbekistonda ish haqi va stipendiyalar oshiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasining “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshirildi.

2021 yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:

•  mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 747 300 so‘m; 

•  bazaviy hisoblash miqdori – 245 000 so‘m;

14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa, kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari qarorga berilgan ilovaga muvofiq belgilanishi ko‘rsatib o‘tildi.


Maqola muallifi

Teglar

oylik

Baholaganlar

1797

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing