1 fevraldan O‘zbekistonda benzin narxi oshishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekiston milliy valyutasida belgilangan ayrim aksiz solig‘i stavkalari joriy yilning 1 fevral kunidan boshlab oshiriladi.

Jumladan, bir qator neft mahsulotlari, tamaki va alkogol mahsulotlariga soliq stavkalari oshiriladi. Endilikda:

•    1 tonna Ai-80 benzini uchun amalda – 200 ming so‘m bo‘lgan soliq stavkasi 240 ming so‘m bo‘ladi;
•    1 tonna Ai-90 va undan yuqori benzini uchun amalda – 250 ming so‘m bo‘lgan soliq stavkasi 275 ming so‘m bo‘ladi.

Shuningdek:

•    1 tonna dizel yonilg‘isi uchun soliq stavkasi 200 ming so‘mdan 240 ming so‘mga;
•    1 tonna EKO dizel yonilg‘isi uchun esa amaldagi – 180 ming so‘m ustiga yana 36 ming qo‘shilib, 216 ming so‘mga aylanmoqda.

Yakuniy iste’molchiga sotiluvchi tovarlarga solinadigan aksiz solig‘i miqdori 1 tonna benzin uchun 87 ming so‘mga qimmatlashdi (amalda – 378 480 so‘m) va 465 530 so‘m etib belgilandi. Bundan tashqari, 1 tonna dizel yonilg‘isi uchun aksiz solig‘i ham qariyb 80 mingga qimmatlab, (amalda – 346 275 so‘m) 425 918 so‘m miqdorida belgilandi.

Tovar-xomashyo birjasi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan haftada birja savdolariga 30 426,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yilgan va ulardan 6 520,5 tonnasi, ya’ni 21,4 foizi sotilgan. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 22 xaridor ishtirok etgan.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning boshlang‘ich narxi ko‘tarilganligi sababli uning o‘rtacha kunlik narxi ham mahsulotning bir tonnasi uchun 5 763,0 ming so‘mdan 5 822,5 ming so‘mgacha yoki 1,0 foizga o‘sgan.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 5 767,9 ming so‘mni, AI-91 – 6 958,2 ming so‘mni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

benzin

Baholaganlar

387

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing