1 dekabrdan yana bir faoliyat turiga ruxsat beriladi
Jamiyat
−
27 noyabr 2020
21493O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan, joriy yilning 1 dekabridan mamlakatda elektron sportni yanada rivojlantirish maqsadida kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga ruxsat beriladi. Bu haqda SSV xabar berdi.
Bunda kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatida quyidagi sanitariya-epidemiologik qoidalarga qat’iy rioya qilinishi belgilab qo‘yildi:
• fukarolarni alohida, bir-biridan ajratilgan holda, stollar oralig‘ida ijtimoiy masofani ta’minlagan holda joylashtirish;
• xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi;
• har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan hollarda ob’ektga kiritmaslik choralarini ko‘rish;
• har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash kabi qator sanitariya talablariga rioya qilinishi belgilab qo‘yildi.
LiveBarchasi