1 dekabrdan haydovchilarga qoidabuzarlik uchun jarima ballari berish boshlanadi
Jamiyat
−
05 aprel 2022
7177Joriy yilning 1 dekabridan yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash hamda ularni takroran buzish holatlarining oldini olish maqsadida haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.
Tizim quyidagilarni nazarda tutadi:
• har bir yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi;
• hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oshgan hollarda haydovchi ma’lum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan o‘rnatilgan tartibda mahrum qilinadi;
• muayyan davr mobaynida yo‘l harakati qoidabuzarligi sodir etmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali rag‘batlantirish choralari qo‘llaniladi.
Ichki ishlar vazirligi (P.R.Bobojonov), Adliya vazirligi (R.Q.Davletov) bir oy muddatda ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda, haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini kiritadi.
LiveBarchasi