1 avgustdan karantin uzaytiriladimi?
Jamiyat
−
20 iyul 2020
42954O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Behzod Musayev Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida mamlakatda 1 avgustdan keyin yana karantin muddati uzaytiriladimi degan masalaga to‘xtalib o‘tdi.
“Prezidentimiz iqtisodiyotimiz ishlashi kerak, degan talabni o‘rtaga qo‘ydilar. Albatta, karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda. Bu juda muhim. Endi 1 avgustdan karantin muddati suriladimi, degan savolga kelsak, ushbu masalaga mavjud vaziyatdan kelib chiqib qaytiladi”, dedi Behzod Musayev.
U shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimini ayblamaslikka chaqirdi. Amaldor shifokorlar sutkalab maxsus formada yurganini va bir necha kunlab oilasini ko‘rmayotganini ta’kidlab o‘tdi.
“Shuningdek, men sog‘liqni saqlash tizimini ayblamaslikka chaqiraman. Men o‘zim koronavirusga chalingan bemorlar davolanayotgan bir nechta shifoxonada bo‘ldim. Shifokorlar kun bo‘yi mxsus kiyim, ko‘zoynak, maxsus niqobda yuribdi. Ular bir necha kun davomida oilalarini ko‘rmayapti”, dedi Musayev.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga koronavirus kirib kelishi sababli joriy yilning 16 mart kuni joriy qilingan karantin muddati bir necha bor uzaytirildi.
LiveBarchasi