1 avgustdan ish haqi, pensiya va stipendiya oshiriladi
Jamiyat
−
12 iyul 2019
14138O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining"Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida"gi Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan 2019 yilning 1 avgustdan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,1 (10 foiz) baravar oshirildi.
2019 yilning 1 avgustdan boshlab O‘zbekiston hududida eng kam:
ish haqi – oyiga 223 000 so‘m;
yoshga doir pensiyalar – 436 150 so‘m;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 436 150 so‘m;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 267 650 so‘m miqdorida belgilandi.