1 avgustdan hokimlarning qator vakolatlari cheklanadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 avgustidan O‘zbekistonda hokimlarning yerga bo‘lgan qator vakolatlari cheklanadi. Bular qatoriga yer toifalarini o‘zgartirish, yerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish bilan bog‘liq huquqlarni kiritish mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 8 iyun kuni qabul qilingan “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.

Hokimliklarning yerga oid quyidagi vakolatlari bekor qilinadi:

yerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish, foydalanishga berish, zaxiralash, biriktirish, obodonlashtirish uchun berish yoki yerlarni boshqacha yo‘l bilan tasarruf qilish;

tuman va shahar hokimliklari tomonidan yerga bo‘lgan huquqlarni belgilash, e’tirof etish, o‘zgartirish, bekor qilish;

sug‘oriladigan yerlarni sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga yoki boshqa yer toifasiga, sug‘orilmaydigan qishloq xo‘jaligi yerlarini boshqa yer toifasiga o‘tkazish;

jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi hamda yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun yer berish;

xususiylashtiriladigan yerga nisbatan investitsiya majburiyatlari yoki xususiy mulkni erkin tasarruf etishni cheklaydigan boshqa majburiyatlarni belgilash.


Maqola muallifi

Teglar

er hokim

Baholaganlar

679

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing