Shaxsiy avtomobilda harakatlanishga 1 aprelgacha ruxsat berildimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat xizmatlari markazlarida maxsus ruxsatnoma berish 1 aprelga qadar talab etilmasligi haqidagi e’lon joylashtirilganligi yuzasidan xabarlar tarqaldi. Mazkur e’lonlar yuzasidan Davlat xizmatlari agentligi rasmiy bayonot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur e’lon rasmiy asosga ega emas. Hozirda ushbu e’lon Markazlardan olib tashlangan. 

Sohaga oid o‘zgarish mavjud bo‘lgan taqdirda, bu haqida ma’lumot rasmiy sahifalarimizga joylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan joriy yilning 30 mart soat 06:00 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtomobillar maxsus ruxsatnoma (stiker)larsiz boshqarish taqiqlandi.

Avtomobillarga maxsus ruxsatnomani elektron shaklda ham olish imkoniyati ham yaratildi.


Maqola muallifi

Teglar

karantin DXA

Baholaganlar

341

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing