Yangi qaror kuchga kirdi: yakka tartibdagi homiylik aksiyalariga taqiq qo‘yildi
Jamiyat
−
01 aprel 2020
18631O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi joriy yilning 1 aprelidan boshlab yakka tartibdagi xayriya aksiyalarini joriy yilning 1 aprelidan e’tiboran vaqtincha to‘xtatishga qaratilgan qarorni qabul qildi.
Soha mutaxassislarining fikrlari, savobtalab va sahovatpesha insonlardan kelib tushgan murojaatlar hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qoshida Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi tashkil etilgani inobatga olinib, ehtiyojmand kishilarga xayriya yordamlarini manzilli yetkazilishida ko‘maklashish uchun bunday tadbirlar quyidagi markazlashgan tartibda amalga oshiriladi:
• Toshkent shahrida Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi O‘zekspomarkaz Milliy ko‘rgazma majmuasi tarkibidagi pavilonda tashkil etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida shunday mexanizm joriy etiladi;
• Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘limlari joylardagi ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa yordamga muhtoj qatlami haqidagi ma’lumotni hududiy tegishliligi bo‘yicha Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlariga taqdim etadi;
• jismoniy va yuridik shaxslarning beg‘araz yordamlari Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari orqali santitar-gigiyenik talablarga muvofiqligi ko‘rikdan o‘tkazilib, karantin talablariga qa’tiy rioya etilgan holda (maxsus kiyim bosh va shahsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan holda) ehtiyojmandlarga yetkazib beriladi;
• aholining yordamga muhtoj qatlamiga xayriya yordamlarini shaxsan yetkazish istagida bo‘lgan nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari hamda sahovatpesha insonlar va ko‘ngilli (volontyor) lar ushbu xayriya tadbirlarida yaqindan hamkorlik qilish va jarayonda qatnashishga taklif etiladi;
• ehtiyojmand oilalarga berilgan xayriya yordamlari haqidagi ma’lumotlar jamoatchilikka mentazam yetkazib boriladi.
• Pul ko‘rinishidagi mablag‘larni “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o‘tkazish tavsiya qilinadi.
• Ushbu tartibga kat’iy amal qilinishi talab etiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirus yuqtirganlar soni 173 nafarga yetdi. Ularning 12 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr