1 apreldan bog‘cha puli 15 foizga oshishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2021 yil uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasida 2021 yil uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlarini tasdiqlash nazarda tutilmoqda.

Qayd etilishicha, amalda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ota-onalar to‘lovidan tushgan mablag‘lar to‘liqligicha bolani ovqatlantirish xarajatlariga yo‘naltirib kelinmoqda.

“2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida” qonunga asosan 2021 yilda iste’mol narxlari indeksi 9-10 foiz miqdorda bo‘lishi prognoz qilingan.

Shunga ko‘ra, qaror loyihasida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlarini 2021 yilning 1 aprelidan boshlab o‘rtacha 15 foizga oshirish ko‘zda tutilgan.

Navoiy viloyatining Nurota tumani hamda Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumani hududida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bugungi kunga qadar ikki baravar kamaytirilgan miqdorda ota-onalar to‘lovi to‘lab kelinmoqda.

Endilidka qaror loyihasida Navoiy viloyatining G‘ozg‘on shahri va Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar to‘lovi miqdorlari ikki baravar kamaytirilgan holda belgilanishi nazarda tutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

maktabgacha ta'lim tashkiloti

Baholaganlar

174

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing