1,5 yil oldin futboldan umrbod chetlatilgan Babayan bosh murabbiylikka qaytmoqda

Sport

image

“Paxtakor”dagi qing‘irliklari tufayli bir paytlar umrbod futboldan chetlatilgan Samvel Babayan Toshkentning “Lokomotiv” klubi bosh murabbiyi etib tayinlanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “temiryo‘lchilar” rahbariyati jamoaning so‘nggi vaqtlardagi natijasidan qoniqish hosil qilmagan va bosh murabbiy Andrey Fyodorovni iste’foga chiqarishga qaror qilgan. Uning o‘rniga klub prezidentining maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgan Samvel Babayan tayinlangan. Tez orada bu boradagi rasmiy ma’lumot chiqishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Andrey Fyodorov bir yil oldin, 2018 yil aprel oyida Andrey Miklyayev o‘rniga “Lokomotiv” bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.

Samvel Babayan 2019 yil fevral oyidan buyon “Loko” tizimida ishlab kelmoqda. U klub prezidenti maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.

Oldinroq, aniqrog‘i 2018 yil yanvarda O‘FA (o‘sha vaqtlarda O‘FF) tomonidan Samvel Babayan umrbod o‘zbek futbolidan chetlatilgan edi. Oradan bir yil o‘tib, Babayanning diskvalifikatsiyasi ikki haftadan so‘ng bekor qilingani ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

O'FA Samvel Babayan Lokomotiv

Baholaganlar

91

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing