Hilola Umarova yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
09 Oktabr 2020
60781O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligiga yangi direktor tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Telegram’dagi kanalida xabar berdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari maktabining direktori lavozimida ishlab kelayotgan Hilola O‘ktamovna Umarova Maxsus va prezident maktablarini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlangan.
Hilola Umarova Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktab direktori, INHA universiteti bosh menejeri lavozimida ham ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 9 sentyabrdagi qarori bilan tashkil etilgan.