Toshkentdagi IIO FMBlarda tayinlovlar amalga oshirildi

Jamiyat

image

Toshkent shahar ichki ishlar organlarida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Polkovnik Oybek Xudoyberdiyevich Murodov Shayxontohur tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek:

Podpolkovnik Jahongir Shokirovich Isroilov Yunusobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Rasuljon Rixsimovich Masharipov Mirobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Doniyor Xojiakbarovich Isayev Yashnobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-tergov bo‘linmalari faoliyatini tahlil qilish bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

160

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing