Tuni bilan uch hududda 112 kishi koronavirusga chalindi

Jamiyat

image

Bugun, 7 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 112 nafarga oshib, 43 775 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

103 nafari Toshkent shahrida;

7 nafari Toshkent viloyatida;

2 nafari Farg‘ona viloyatida a aniqlangan.

Shu bilan birga, Chilonzor tumanida yashagan 58 yoshli Yo.O. (ayol) hamda Jizzax shahrida yashagan 36 yoshli D.M. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 41 277 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2 148 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 375 nafari og‘ir, 219 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

115

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing