Koronavirusdan tuzalgan odam yana qayta yuqtirib olish xavfi bormi?
Jamiyat
−
20 iyul 2020
22663Koronavirusdan davolangan odam qaytadan COVID-19 kasalligiga chalinmaydi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida ma’lum qildi.
“Koronavirusdan tuzalgandan so‘ng uni yana qayta yuqtirib olish xavfi mavjud emas. Chunki virusli kasalliklar bilan kasallangandan so‘ng turg‘un orttirilgan immunitet paydo bo‘ladi va odam tanasi kasalga qarshi kurasha oladi. Ammo o‘tkir respirator kasalliklar turlari ko‘p va boshqa turdagi virusni yuqtirib olish mumkin”, dedi Otabekov.
Biroq, aynan COVID-19 kasalidan tuzalganlarga yana koronavirus xavf solmaydi. Hatto oradan bir necha yil o‘tgandan keyin ham organizm kasalni oson yenga oladi.
Ma’lumot uchun, 20 iyul soat 10:00 holatiga O‘zbekistonda 16 966 kishida koronavirus aniqlangan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ularning 88 nafari vafot etgan va 9 279 nafari sog‘aygan.
LiveBarchasi