SSV koronavirus og‘ir kechayotgan bemor videosini e’lon qildi

Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus o‘ta og‘ir kechayotgan bemorning videosini ulashdi. 

Qayd etilishicha, ushbu bemor Respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanmoqda. 

“Unda koronavirus infeksiyasi o‘ta og‘ir kechmoqda. Ahvoli og‘irlashgani bois, shifokorlar tomonidan sun’iy nafas olish apparatiga ulanib, tezkor reanimatsion tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.

Mazkur vidoyelavhadagi jarayon barchamiz uchun achchiq saboq bo‘lishi kerak. Ertaga o‘zimiz yoki yaqinlarimizning ham koronavirusga chalinib, shu ahvolga tushmasligimizga hech kim kafolat bera olmaydi”, deyiladi SSV izohida. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekistonda COVID-19 aniqlanganlar 10143 nafarni tashkil etmoqda.

Shundan 6584 nafari sog‘aygan bo‘lsa, o‘lim ko‘rsatkichi 35 nafarga yetdi. Davolanayotgan bemorlar 3524 nafar bo‘lib, shundan 285 nafari o‘rta og‘ir, 25 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bemorlarning 172 nafarida pnevmoniya jarayoni kechmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

257

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing