Lukashenko Rossiyaning qo‘rquvidan gap ochdi

Olam

image

Rasmiy Minsk Moskvadan uzoqlashmoqchi emas, ammo o‘zining hurmat qilinishini istaydi. Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko shunday bayonot bilan chiqdi.

“Sharqda bizni yo‘qotishdan qo‘rqishadi va men buni yashirmayman hamda rus qardoshlarimizni tushunaman. Ha, biz ham hech qayerga qochib ketmoqchi emasmiz, shunchaki, aka-ukalardek yashagan va yashayotgan yerlarimizda bizga insondek muomala qilishlarini istaymiz”, deydi Lukashenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda dunyoda dahshatli raqobatchilik kurashi ketyapti va belaruslar bu kurashda munosib bardosh berishi kerak.

“O‘z o‘ziga muammo tug‘dirish kerakmas, shunda yil oxirida doim yurgan rivojlanish yo‘limizga chiqib olamiz”, deya davom etgan Lukashenko.

O‘tgan haftada Lukashenko Rossiya hukumati Belarusni na iqtisodiy, na siyosiy jabhada yo‘qotishni istamayotganini ta’kidlagandi. Rossiyaning Minskdagi elchisi Dmitriy Mezenseva bu gaplarni Belarus rasmiy Moskva bilan yaqin ittifoqchi bo‘lib qolishni xohlayotganidan deya talqin qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Belarus' Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

451

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing