3 viloyatda turoperatorlarga “inomarka” sotib olishda imtiyoz berildi

Jamiyat

image

Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida ro‘yxatga olingan turoperatorlarga xorijdan avtomobil import qilishda imtiyoz berildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yildi.

Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida ro‘yxatga olingan turoperatorlarga, istisno tariqasida, dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam bo‘lmagan yuqori o‘tish qobiliyatiga ega transport vositalari import qilinayotganda bojxona bojini amaldagi stavkaning 50 foizi miqdorida, qolgan qismini olib kirilgan sanadan boshlab 3 yil davomida to‘lashga ruxsat berildi.

Bunda ushbu transport vositalariga davlatning ro‘yxatga olish raqam belgilarining alohida seriyalari berilishi va ulardan tegishincha faqat Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari hududida foydalanishga ruxsat etilishi belgilandi.

Avvalroq, qarorga muvofiq, turistlar uchun “Uzbekistan. Safe travel Guaranteed” sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi joriy etilishi haqida xabar bergan edik.

Bundan tashqari, “Andijon” xalqaro aeroportiga “Zahiriddin Muhammad Bobur” nomi berildi.


Maqola muallifi

Teglar

turizm

Baholaganlar

264

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing