Yana 29 nafar o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 13 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 29 nafarga oshib, 4966 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 18 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (shundan 3 nafari aholi orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi) 6 nafari Sirdaryo viloyatida xorijdan O‘zbekistonga chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, qolgan 1 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqaroda aniqlangan. 

Ayni paytda mamlakatda 3874 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (78 foizi) sog‘aydi. 

Hozirda mamlakatda davolanayotgan 1073 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

193

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing