Ayiqcham qaytib keldi! Saida Mirziyoyeva Sirdaryodagi taassurotlari bilan bo‘lishdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva bilan Sardobadagi suv toshqinidan jabrlangan odamlar holidan xabar olish uchun Sirdaryoga borgani haqida xabar bergan edik.

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Sirdaryodagi tassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Oyimlar bilan Hayit bayrami arafasida Sirdaryo viloyatiga odamlarning holidan xabar olgani bordik. Shunda ajoyib bir voqea bo‘ldi. 

6-7 yoshlardagi bolakay bilan suhbatlashyapmiz. “Nima bo‘ldi o‘zi, nima qildinglar o‘sha payt?” − deb savolga tutdim. "Ertalab vaqtli uyg‘onib ketdik. Qarasak, hamma yuguryapti, biz ham dadam bilan ko‘chaga yugurdik”, deydi. Shu payt jajji, shiringina singilchasi gapga qo‘shildi, deng. Nigina ekan ismi. “Mening oq ayiqcham bor-ku, o‘sha uyda qolgan ekan, - deydi ko‘zlarini katta-katta ochib, - Men uni cho‘kib ketdi deb o‘ylab, rosa xafa bo‘ldim. Keyin dadam yo‘q bo‘lib qoldilar. Qidirib-qidirib, o‘yinchog‘imni topib keldilar. Ayiqcham qaytib keldi! Hozir uxlab yotibdi”.

Juda ta’sirlanib ketdim. Tasavvur qilyapsizmi?! Odamlarning ko‘ziga hech nima ko‘rinmay, har tomonga o‘zini urgan bir paytda Niginaning dadasi farzandim o‘ksib qolmasin deb, ortiga qaytgan”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, “Zamin” fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyevaning Sirdaryoga tashrifi vaqtida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi 11 ta zarar ko‘rgan mahallalarda istiqomat qilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining hamkorlikdagi ijtimoiy loyihasi e’lon qilindi. Loyiha doirasida yoshi 60 dan oshgan barcha qariyalar 10 kun davomida poytaxtda va Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida joylashgan sihatgohlar va dam olish maskanlariga, 7 dan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar esa yozgi oromgohlarga bepul taklif etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

526

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing