O‘zbekistonda so‘nggi 11 soatda koronavirus yuqtirganlar ko‘paymadi

Jamiyat

image

2020 yil 4 may soat 23:00dan bugun, 5 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, ya’ni o‘tgan 11 soat ichida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilmadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 2189 nafarni tashkil qilyapti. Vafot etganlardan tashqari, hozirda 774 nafar bemor davolanmoqda. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, mamlakatida qatorasiga so‘nggi 14 kun davomida COVID-19 infeksiyasidan sog‘ayganlar soni kasallanganlar sonidan ko‘p bo‘lgan, faqat o‘ninchi kuni ikki holat ham tenglashgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha bemorlarning 1405 nafari sog‘aygan va 10 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

191

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing