O‘zbekistonda koronavirus bemorlari kun isigani uchun kamayyaptimi?

Jamiyat

image

Bir necha kundirki, O‘zbekistonda kun davomida koronavirusni yangi yuqtirgan bemorlar soni undan sog‘ayayotganlar sonidan kam bo‘lyapti. Bunday tendensiya profilaktika ishlari samarasimi yoki havo isiy boshlagani uchun virus ham chekina boshladimi?

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov bu savolga javob berdi.

“AQSH Milliy xavfsizlik vazirining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari ikki yarim oy davomida olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra, yuqori harorat, namlik va quyosh nuri koronaviruslarga salbiy ta’sir qilar ekan.

Agar tashqaridagi havo harorati 23-24 daraja, namlik esa 20 foiz bo‘lsa, narsalar yuzasidagi 50 foiz viruslar o‘lishi uchun 18 soat vaqt kerak bo‘lar ekan. Agar o‘sha haroratda namlik 80 foizgacha ko‘tarilgan bo‘lsa, 50 foiz viruslar o‘lishi uchun 6 soat vaqt kerak bo‘larkan. Agar o‘sha namlikda harorat +30 daraja bo‘lsa, koronavirus 1 soatda, mabodo u yerga quyosh nuri tushib tursa — 1,5 minutda nobud bo‘larkan.

Davolashdagi 49,4 foiz samaradorlikni zinhor inkor qilib bo‘lmaydi. Bunday ko‘rsatkich hatto rivojlangan davlatlarda ham yo‘q”, dedi Nurmat Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda koronavirus yuqtirganlar 2017 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 1096 nafari sog‘aygan va 9 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

295

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing