Vazirlik televizion darslar jadvalini e’lon qildi

Jamiyat

image

Avvalroq, 30 martdan Xalq ta’limi vazirligining O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil qilgan televizion darslari boshlanishi haqida xabar bergan edik. Vazirlik darslar jadvali haqida qo‘shima ma’lumot berdi.

Uzdigital TV MCHJ abonentlari 1-4 sinflar uchun televizion darslarni National Geography Wild kanalida, 5-8 sinflar uchun Eurosport kanalida va 9-11 sinflari uchun esa “Oxota i rыbalka” kanalida tomosha qilishlari mumkin.

Kabel televideniye va IP-televideniye abonentlarida esa televizion darslar boshqa telekanallar o‘rniga namoyish etilishi mumkin.

Shuningdek, videodarslar yer sun’iy yo‘ldoshi orqali uzoq va borish qiyin aholi punktlarida o‘rnatilgan kam quvvatli teleuzatkichlar orqali qo‘shimcha kanallar shaklida 4 ta televizion kanal orqali ochiq holda bepul asosda tarqatilishi tashkillashtirildi.

Agar abonentlarda savol yoki muammolar yuzaga kelsa, ular televideniye xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyalarga murojaat etishi mumkin.

Xalq ta’limi vazirligi har hafta televizion darslar efir vaqti haqidagi ma’lumotlarni o‘zining rasmiy sayti (www.uzedu.uz) va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida e’lon qilib boradi.

Videodarslar internet tarmog‘idagi quyidagi manbalarda ham joylashtirib boriladi:

TAS-IX tarmog‘ida: https://mover.uz/channel/uzeduuz/ 

TAS-IX tarmog‘idan tashqarida:

https://youtube.com/c/O-zbekistonRespublikasiXalqtalimivazirligi

https://t.me/uzeduonlinemaktab


Maqola muallifi

Teglar

maktab karantin dars

Baholaganlar

73

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing