Karantin: 15 ta xonadon BEPUL dezinfeksiya qilindi. Aksiya davom etadi

Jamiyat

Avvalroq, QALAMPIR.UZ va "AZIZXON STAR SERVIS" kompaniya hamkorligida #UydaHayotBor nomli yangi aksiya e’lon qilinib, karantin davrida aholi salomatligini saqlash maqsadida har kuni Toshkent shahrida joylashgan 20 ta xonadon va ish joylari BEPUL dezinfeksiya qilinishi va’da qilingandi

Va’daga binoan kecha, 24 mart kuni loyihaga start berildi. Birinchi kunning 100 dan ortiq qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi. Shulardan 15 dan ortiq xonadonga tashrib buyurildi va dezifeksiya ishlari amalga oshirildi. Kun davomida amalga oshirilgan ishlar natijasini esa yuqoridagi slayderda tomosha qilishingiz mumkin.

Shuni alohida qayd etib o‘tmoqchimizki, loyiha eng avvalo boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalarga yordam qo‘lini cho‘zish maqsadida amalga oshirilmoqda. Shu bois biz darvoza atrofi “inomarka”larga to‘la, badavlat kishilarning xonadonlariga emas, yordamga haqiqatan muhtojlarning uyiga shoshamiz. 

Eslatib o‘shtamiz, QALAMPIR.UZ va "AZIZXON STAR SERVIS" kompaniyasi Toshkent shahrida har kuni 20 ta xonadon yoki ishxonani dezinfeksiyalashni davom ettiradi.  

☎️ +998946666210 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, ism-sharifingiz, manzilingiz va telefon raqamingizni qayd ettirishingizning o‘zi kifoya. 

Talablar ko‘p bo‘lishini inobatga olib, dezinfeksiya guruhimiz navbat bilan siz ko‘rsatgan manzilga yetib boradi.

Xizmat mutlaqo BEPUL!

#UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

karantin koronavirus dezinfektsiya

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing