Koronavirus effekti: O‘zbekistonda vaziyat qanday? (fotoreportaj)

Jamiyat

image

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida aniqlangan COVID-19 virusi deyarli butun dunyoga shiddat bilan kirib bordi. Koronavirus O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. Joriy yilning 15 mart kuni O‘zbekistonda ushbu virus bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi va ayni vaqtda virusni yuqtirib olganlar 15 kishini tashkil etmoqda. Mamlakatda 6 ming kishi karantinga olingan. 

O‘zbekiston koronavirus aniqlangunga qadar yetarli choralarni ko‘rdi. Boshqa mamlakatlar tajribasini o‘rganish va kamchiliklarni to‘ldirib borish uchun ikki yarim oy vaqt bor edi. 

Mamlakatda koronavirus infeksiyasini yuqtirish holati o‘sib ketmasligi uchun bog‘cha, maktab, akademik litsey va kollejlar, oliy ta’lim muassasalari, masjidlarda karantin e’lon qilindi. O‘zbekistonga xorijlik fuqarolarning kelishi va mamlakat fuqarolarining chet elga chiqishi butkul taqiqlandi. Yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi. 

Koronavirus O‘zbekiston aholisiga qanchalik ta’sir o‘tkazdi? Maktab, masjid, vokzal va ko‘chalarda vaziyat qanday? Koronavirus effektini quyidagi suratlarda kuzatishingiz mumkin.

Shayh Zayniddin jome masjidi

Usmon Bin Maz’un jome masjidi

Usmon Bin Maz’un jome masjidi

 

Usmon Bin Maz’un jome masjidi

Toshkent shahar Uchtepa tumani 238-maktab


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

198

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing