Boymatov noinsof, sotqin, xoin – Saidov “GAI”larning pora olishi haqida (video)
Jamiyat
−
21 fevral 2020
19422Oxirgi vaqtlarda Yo‘l-patrul xizmati xodimiga pora berishga uringan haydovchi qo‘lga olingani haqida xabarlarga tez-tez duch keladigan bo‘ldik. Shunda savol tug‘iladi: “nahot “GAI” xodimlari pora olmay qo‘ygan bo‘lsa, yo‘qsa nega faqat pora taklif qilganlar qo‘lga olinyapti? Yoki “qarg‘a-qarg‘aning ko‘zini cho‘qmimaydi” qabilida ish qilishyaptimi?”, degan fikr o‘tadi.
QALAMPIR.UZ muxbiri huddi shu masala yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Olimjon Saidovga murojaat qildi.
“Pora masalasiga kelsak. Bilasizlarmi, oxirgi yillarda ko‘p attestatsiyalar o‘tkazildi. “Guruch kurmaksiz bo‘lmaydi”, deyishadiku, men xodimlarim 100 foiz adolatli, noqonuniy harakat qilmaydi deb javob berolmayman. Ammo 90 foizi bu yo‘nalishda uzoqqa borolmasligimiz, obro‘ topolmasligimiz, xalq roziligini ololmasligimizni anglab yetdi. Hozir viloyatlarda har bir hodim bilan umumiy majlisda emas, birma-bir uyiga borib, gaplashyapmiz. Ular ham qarshi bu narsaga. Hozir bilasizlar, oylik maosh yaxshi, rag‘batlantirish bor. Undirilgan jarimadan foiz oladi. Pora olishning hojati yo‘q.
Jinoyat kodeksining 211-moddasi bor – “Pora berish”. Bodi-kameralarda olingan videolar bor, fuqarolar qo‘ymasdan tiqyapti. Prokuratura ertaga provokatsiya qilibsan deydi. Xodimlar (YPX inspektorlari – tahr.) tushuntiryapti bu ishingiz noqonuniy, 211-modda bilan javobgarlikka tortilasiz deb. Fuqarolar qo‘ymaganidan keyin murojaat qilyapti”, deydi YHXBB boshlig‘i.
U Yo‘l-patrul xizmati inspektorlarining pora olish holatlari haqida juda kam ma’lumot berilishi haqidagi savolga quyidagicha javob berdi:
“Borini beramiz. Berkitish yo‘q. Mana Toshkent shahridagi maxsus divizion inspektori Boymatov noinsof, sotqin, xoin. Shunga qilingan harakatni bir tiyin qilib, yuvib yubordi. Boymatovni rasmigacha qo‘ydik, boshqalar ham ko‘rsin. Hozir berkitadigan zamon emas, men aytmasam, boshqalardan eshitasiz.”
LiveBarchasi