Nazarbekovning nomzodi Madaniyat vazirligiga ko‘rsatildi
Jamiyat
−
22 yanvar 2020
19285Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 28 dekabr kuni parlamentga qilgan Murojaatnomasida nafaqat Bosh vazir, balki Hukumat a’zoligiga nomzodlar ham Oliy Majlis tomonidan ma’qullangandan so‘ng lavozimga tayinlash tartibini joriy etishni taklif qilgan edi. Shundan kelib chiqib, qator qonun hujjatlariga ushbu tartib-taomil kiritildi. Shunga muvofiq, o‘tgan davr ichida Hukumatning bir nechta nomzodi parlament quyi palatasining qo‘mitalari, fraksiyalari hamda yalpi majlislarida ko‘rib chiqilib, ma’qullan edi.
Bugun, 22 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining barcha qo‘mitalarida yangi tarkibdagi Hukumat a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqish va ma’qullash masalalari muhokama qilindi.
Mazkur tadbirlarda Hukumat a’zosining lavozimiga nomzodlar xalq vakillariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, istiqbolga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar va vazifalarga erishish borasidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi o‘z harakatlar rejasini taqdim etdilar.
E’tiborlisi, Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlar “Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunga asosan mas’ul qo‘mitalar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi.
Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi hamda Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan quyidagi lavozimlarga nomzodlari ko‘rib chiqildi:
• O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari, Moliya vaziri;
• Transport vaziri;
• Qurilish vaziri;
• Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazir;
• Iiqtisodiyot va sanoat vaziri;
• Energetika vaziri;
• Davlat statistika qo‘mitasi raisi;
• Davlat soliq qo‘mitasi raisi;
• Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi;
• Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi;
• Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi hamda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan quyidagi lavozimlarga nomzodlarni ko‘rib chiqildi:
• Adliya vaziri;
• Mudofaa vaziri;
• Ichki ishlar vaziri;
• Favqulodda vaziyatlar vaziri;
• hDavlat bojxona qo‘mitasi raisi;
• Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi raisi
Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi hamda Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan quyidagi lavozimlarga nomzodlarni ko‘rib chiqildi:
• O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi;
• Innovatsion rivojlanish vaziri;
• Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri;
• Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri;
• Xalq ta’limi vaziri;
• Maktabgacha ta’lim vaziri;
• Jismoniy tarbiya va sport vaziri;
• Madaniyat vaziri;
• O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;
• Sog‘liqni saqlash vaziri;
• Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi hamda Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan quyidagi lavozimlarga nomzodlarni ko‘rib chiqildi:
• Qishloq xo‘jaligi vaziri;
• Suv xo‘jaligi vaziri;
• Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi;
• O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi;
• Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi.
Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi va Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan quyidagi lavozimlarga nomzodlarni ko‘rib chiqildi:
• O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;
• Sog‘liqni saqlash vaziri;
• Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri.
Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan tashqi ishlar vaziri, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimlariga nomzodlarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqdilar hamda ma’qulladilar.
Shundan so‘ng Hukumat a’zoligiga nomzodlar Qonunchilik palatasi siyosiy partiyalar fraksiyalarining majlislarida muhokamalardan o‘tkazildi.
Manbalarimiz keltirayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Ochilboy Ramatov, Madaniyat vaziri lavozimiga Ozodbek Nazarbekov ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, yangi joriy etilayotgan Bosh vazir o‘rinbosari – Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga Aziz Abduhakimov nomzodi ilgari surilgan. Unga ko‘ra, qo‘mita raisi bir vaqtning o‘zida Bosh vazir o‘rinbosari bo‘ladi. Abduhakimov esa avvalgi Hukumatdan Bosh vazir o‘rinbosari bo‘lgunga qadar Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
LiveBarchasi