Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevga tabrik yo‘lladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevga Qozog‘iston Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan tabrik maktubini yo‘lladi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zi va o‘zbek xalqi nomidan Nursulton Nazarboyevni milliy bayram bilan tabriklagan.

“Biz qardosh Qozog‘istonning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi ulkan yutuqlari, mamlakatingizning xalqaro maydondagi obro‘si izchil o‘sib borayotganidan chin dildan mamnunmiz. Bugungi kunda O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarida birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida yuqori darajadagi ishonch va o‘zaro tushunishga erishildi”, deyiladi Prezident Mirziyoyevning maktubida.

Ma’lumot o‘rnida, Qozog‘iston Respublikasi 1991 yil 16 dekabr kuni mamlakat mustaqilligini e’lon qilgan. Nursulton Nazarboyev esa mustaqil Qozog‘iston tarixidagi birinchi Prezident o‘laroq mamlakatni 28 yil boshqarib, taxtini Qosim-Jomart To‘qayevga “meros” qilib qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev o‘tgan hafta Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevga ham tabrik maktubini yo‘llagan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Nursulton Nazarboev O'zbekiston-Qozog'iston

Baholaganlar

26

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing