Igor Kim Habibning O‘zbekistondagi akademiyasi va Shohjahon Ergashev haqida gapirdi
Sport
−
18 Oktabr 2019
6755Rossiyalik sportchi, mutlaq janglar chempionatining (UFC) yengil vazn toifasida chempioni Habib Nurmuhamedov O‘zbekistonda jang san’atini o‘rgatuvchi akademiya ochmoqchi ekani haqida xabar bergan edik.
"Premier Beverages" direktorlar kengashi raisi Igor Kim MDH mamlakatlarida MMA janglari o‘tkazish rejalari haqida ma’lumot berarkan, O‘zbekistonda Habab Nurmuhamedov akademiyasini ochish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.
Igor Kim va uning kompaniyasi Habib Nurmuhamedovni ushbu yo‘nalishda qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
“O‘ylaymanki, bu ertangi kun masalasi emas, hozir Habib Maxachkalada Rossiya, ehtimol Yevropadagi eng yaxshi zallardan birini ochishga tayyorlanmoqda. Umuman biz uni doim qo‘llab-quvvatlaymiz, yil davomida biror marta uning loyihada ishtirok etishdan bosh tortganimiz yo‘q”, dedi Kim.
UFC tarkibiga kiradigan sportchilar haqida gapirganda, u MDH mamlakatlarida, masalan, Qozog‘iston va Belarusda mohir kurashchilar ko‘p ekanligini ta’kidladi.
"Juda istiqbolli o‘zbek jangchisi – mukofotlar sovrindori Shoxjahon Ergashev. Yaqinda taniqli belaruslik sportchi bilan shartnoma imzolaymiz. Qozog‘istonda esa noyob sportchimiz bor – u yoshligida bir oyog‘ini yo‘qotgan, lekin nogiron bo‘lishiga qaramay sog‘lom sportchilar qatorida ishtirok etmoqda va g‘olib bo‘lmoqda", deydi Igor Kim.
Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmuhamedovning O‘zbekistonga navbatdagi tashrifi va mamlakatda o‘z akademiyasini tashkil etishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi – Prezident xavfsizlik xizmati raisining birinchi o‘rinbosari – Triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov boshchilik qilmoqda.
LiveBarchasi