MDH davlatlari rahbarlari tor doirada uchrashdi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, shu kunlarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida bo‘lib turibdi. Davlat rahbari Ashxobodda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etmoqda.

Bugun, Davlat rahbarlari dastlab tor doirada muzokara o‘tkazdi.

Unda nutq so‘zlagan Shavkat Mirziyoyev Hamdo‘stlik doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etdi hamda sheriklikning istiqbolli yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratdi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi O‘zbekiston uchun, avvalo, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, turli tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, transport-kommunikatsiya va tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarish, xavfsizlikni mustahkamlash, madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish jihatidan manfaatlidir. So‘nggi yillarda O‘zbekistonning ushbu tashkilotdagi ishtiroki ancha faollashdi. Joriy yili O‘zbekistonda MDHning ko‘plab tadbirlari o‘tkazildi. 

Uchrashuvda 2020 yilda MDHda raislik O‘zbekiston Respublikasiga o‘tishi to‘g‘risidagi qaror barcha tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ashxobodda

Baholaganlar

39

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing