DSQ raisiga yana yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmoniga asosan Fazliddin Karimovich Umarov Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Fazliddin Umarov 2001 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

2005-2006 yili Soliq akademiyasida davlat soliqlari va yig‘imlari mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olib, magistr darajasini olgan.

U davlat soliq xizmati organlarida 16 yillik mehnat tajribasiga ega bo‘lib, 2006-2015 yillarda Davlat soliq qo‘mitasining turli tuzilmalarida bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, 2015-2017 yillarda Moliya vazirligining Soliq va bojxona-tarif siyosati boshqarmasida sho‘’ba mudiri bo‘lib ishlagan.

Fazliddin Umarov 2017 yildan shu kungacha Hisob palatasining Qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash va xarajatlarni tahlil qilish axborot-tahlil sho‘’basi bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Daniya qirolligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ishlayotgan Abdulla Abdisalamovich Azizov Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Davlat soliq qo'mitasi Fazliddin Umarov

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing